Bosh sahifa | Navbatdagi mashg‘ulotga | Salomatlik – el boyligi

Salomatlik – el boyligi

Bolajonlar, ovqatimiz tarkibida albatta, oqsillar, uglevodlar, yog‘lar, vitamin va minerallarga boy mahsulotlar bo‘lishi kerak. Oqsilni qurilish materialiga o‘xshatish mumkin. Oqsil yordamida organizm baquvvat va sog‘lom bo‘­lib o‘sadi, u hammamiz uchun kerak. Go‘sht, baliq, sut mahsulotlari oqsilga boy.

Uglevodlar yordamida quvvat ajralib chiqadi. Non mahsulotlari, sabzavot va mevalar uglevodlarga boy. Ushbu mahsulotlarni ko‘proq yesangiz, albatta, sog‘lom va baquvvat bo‘lasiz.

Yog‘larni oziq-ovqatlar omborxonasiga o‘x­shatish mumkin, agar organizm bir necha kun oziqlanmasa, uning zaxirasidagi yog‘lar i­shga tushib faol ishlaydi. Sariyog‘, o‘simlik moylari, smetana tarkibida yog‘ miqdori yuqori.

Aziz bolajonlar, olgan bilimlaringizni sinab ko‘rish uchun so‘zlarni o‘qiyman, sizlar foydali mahsulotlar haqida gapirilsa, chapak chalasizlar. Agar o‘qiganim sog‘ligingizga zararli bo‘l­sa oyoqlaringiz bilan dupurlatasiz.

  1. Sabzi ko‘proq yesang, sharbatini ichsang, sen albatta juda kuchli va baland bo‘yli bo‘lasan.
  2. Sen kelishgan bo‘lishni xohlasang, shirinliklarni yaxshi ko‘r. Shokoladlar yesang sog‘ bo‘lasan.
  3. Meva va sabzavotlar sog‘ligimiz uchun juda foydali.
  4. Fanta, kola va soklarni ichsang tomog‘ing og‘rimaydi.
  5. Vitaminlarga boy mahsulotlarni yesangiz, hech qachon kasal bo‘lmaysizlar.
  6. Popkorn va chips sog‘ligingiz uchun juda foydali.

Bolalar har bir savolga to‘g‘ri javob beradilar.

DEFEKTOLOG: — Bolajonlar, men sizlardan xursandman. Chunki siz foydali mahsulotlar va to‘g‘ri ovqatlanish haqida bilib oldingiz. Ushbu maslahatlarimni doimo yodingizda tuting:

  • ovqatni ko‘p va to‘yib ketguncha yemang;
  • o‘z vaqtida, yangi mahsulotlardan iste’mol qiling;
  • ovqatni yutishdan oldin yaxshilab chaynang;
  • yog‘li, achchiq va sho‘r ovqatlarni iste’mol qilmang.
  • meva va sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qiling.

Aziz kichkintoylarim, men sizlarga sog‘lik va salomatlik tilab qolaman. Shuning bilan mash­g‘ulotimizni yakunlaymiz. Faol ishtirokingiz uchun sizlarga katta rahmat!

Dono SAGATOVA,
Uchtepa tumani 328-sonli maxsus MTM defektologi.

Check Also

BOLANGIZ ROST GAPIRISHDAN QO‘RQMASIN

Yolg‘on gapirish kichik yoshli bolalar uchun “muhim ijtimoiy xususiyat” hisoblanadi. Lankaster universiteti psixologi tadqiqotlar uydirma …