Bosh sahifa | Tag Archives: 2015-yil 2-son

Tag Archives: 2015-yil 2-son

Topishmoqlar

Uzun tumshuq siyohli, Qo‘sh kaltakday oyoqli. Egnida oq xalati, Tugmasi yo‘q, g‘alati. Nozikkina jondir u, Dema, o‘ch-ginasi bor. Yonida emas, uning Nomida ninasi bor. Toshday qattiq  tuyog‘i, Sut-qaymoqning bulog‘i. O‘ynab yurar yonida, Erkatoyi – buzog‘i.

Batafsil

Bolaligim gulbahor

(Qo‘shiq) Bog‘da gul chaman-chaman, Men gullarni quchaman. Zavq-la ochib qulochim, Sho‘x qush kabi uchaman. Bahor menga o‘xshaydi, Ochilib gul yashnaydi. Ketmaydi u yil bo‘yi, Men-la birga yashnaydi. Yoshlik ham bir gulbahor, Unda bahor husni bor. Quyosh uni erkalar, Kulib boqar har nahor. Har go‘zallik o‘rtog‘im, Ochiq unga quchog‘im. Hech narsaga bermayman Bu shirin yoshlik chog‘im. O‘tkir RASHID

Batafsil

Yaxshi o‘rnak ham tarbiya vositasi

Farzand – hayotimiz guli. Ular – bizning kelajagimiz. Shu bois kelajagimizning porloq bo‘lishi dilbandlarimizning qanday ta’lim-tarbiya olayotganiga hamda ana shu jarayon ta’sirida qanday inson bo‘lib voyaga yetishlariga bevosita bog‘liqdir. Hamma davrlarda ham ta’lim-tarbiya ishi bilan shug‘ullanuv­chi pedagog, tarbiyachi, muallim kelajak oldida katta mas’uliyat sezib yashaydi, bu – tabiiy, albatta. Bolalar kuniga 9–10 soat davomida mak­tab­gacha ta’lim muassasasida bo‘ladilar. Demak, ular …

Batafsil

Kitob yog‘dusi

Kitob bir necha ming yillar avval paydo bo‘lgan eng qadimgi va noyob kashfiyotlardan biri sanaladi. Qog‘oz kashf etilmasdan Qadimgi Rim, Misr va Yunonistonda bo‘lgani kabi bizda ham kishilar o‘z fikrlarini tosh, sopol, suyak va boshqa vositalar orqali ifoda etganlar. Qog‘ozning kashf etilishi matbaachilik tarixida yangi davrni ochib berdi. Kitob o‘quvchining fikr doirasini kengaytirib, unga ma’naviy-ruhiy ozuqa beradi. Buyuk mutafakkir shoir …

Batafsil

8-mart onajonlar bayrami

Bayram ertaligi Zal bayramona bezatilgan. Bolalar zalga “Har doim bo‘lsin onam” qo‘shig‘ini kuylab kirib keladilar va o‘z joylarini egallaydilar. BoshlovchI: – Assalom, ey lola yuzli, Dilrabolar assalom! Yuzi gul sochi sumbul, Mahliqolar assalom! Mustaqil yurt gul g‘unchasin Oq yuvib oppoq tarab, Tun-u kun parvona bo‘lgan, Onajonlar assalom! Hurmatli opa-singillar, aziz bolajonlar, meh­ribon onajonlar! Mana, olamga o‘z tarovati ila chiroy bag‘ishlab …

Batafsil