Bosh sahifa | Tag Archives: 2015-yil 4-son

Tag Archives: 2015-yil 4-son

Bolangizga qanday munosabatdasiz?

Farzandining kelajagi haqida o‘ylash ota-onaga xos xislatdir. Har bir inson farzandlari bilan qanday munosabat o‘rnatish, ularni yax­shi inson sifatida tarbiyalash haqida bosh qotirishi tabiiy. Quyida bolalaringiz bilan qanday munosabatda ekanligingizni aniqlash imkoniyatini beruvchi test keltirilgan. Buning uchun ushbu 10 ta savolning har biriga: “ha”, “yo‘q”  yoki “gohida” javoblaridan birini tanlang. Ertalab bolangizning kiyinishiga yordam berasizmi? Siz uni yaxshi kiyintirishga intilasizmi? …

Batafsil

Bizning jonli burchagimiz

“Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining turli ko‘rinishlarida ekologik ta’lim berish” mavzusida kichik guruhlar uchun mashg‘ulot ishlanmalari Ta’limiy maqsad: jonli burchakdagi hayvonlar va ularning ko‘rinishi bilan tanishtirish. Bolalar nutqini o‘stirish, yangi so‘zlar bilan bo­yitish. Tarbiyaviy maqsad: bolalarda hayvonlarga bo‘lgan mehr hissini uyg‘otish. Rivojlantiruvchi maqsad: bolalar diqqatini, xotirasini mustahkamlash. Mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish. Kerakli jihozlar: jonli tabiat burchagidagi hayvonlar, chig‘anoqlar. Mashg‘ulotning borishi: – …

Batafsil

Ertakka yashiringan matematika

Maqsadlar. Tarbiyaviy: bolalarni turli buyumlarning belgilari (kattaligi, shakli, ketma-ketligi, rangi) bo‘yicha guruhlashga, qiyoslashga, namunali va og‘zaki ko‘rsatmalarga asoslanib top­shiriqni bajarishga o‘rgatish. Ta’limiy: mashg‘ulotda pedagogik metodlardan biri – “Zinama-zina” texnologiyasini qo‘llash orqali bolalarning bilimlarini oshirish. Rivojlantiruvchi: ertaklar orqali yangi so‘z­larni faqat tushunibgina qolmasdan, balki ularni talaffuz qilishga undash, so‘zlarni o‘z o‘rnida ishlatish, rasmlarga nisbatan maqsadli munosabatda bo‘lishni o‘rgatish. Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi: …

Batafsil

Iste’dodga e’tibor zarur

Dunyo mamlakatlari jadal rivojlanayotgan, integratsiya va globallashuv jarayoni faol amalga oshayotgan hozirgi vaqtda maktabgacha yoshdagi bolalarning yetuk, barkamol, aqlan va jismonan sog‘lom, ruhan kuchli, ma’nan boy bo‘lib o‘sishlari uchun keng sharoit yaratib berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’­lim to‘g‘risida”gi Qonuni 11-moddasida “Bu ta’lim 6-7 yoshgacha oilada, maktabgacha ta’­lim muassasalarida va mulk shaklidan qa’ti nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi”, – deb ta’kidlangan. …

Batafsil