Bosh sahifa | Tag Archives: 2015-yil 8-son

Tag Archives: 2015-yil 8-son

Aql qayrog‘i

Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar ishlanmasi 20-MASHG‘ULOT Son va sanoq 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarni yozuvda farqlashni o‘rgatish Maqsad: bolalarga 1 dan 10 gacha bo‘lgan raqamlarni cho‘plar yordamida yozishga o‘rgatish. Kerakli jihozlar: sanoq cho‘plari (har bir bola stoliga 2 tadan). Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi: – Bolajonlar, biz ertalabki soatlarda yoki bo‘sh vaqtlarimizda 1 dan 10 gacha yozishni …

Batafsil

Topishmoqlar

O‘zi shirin tukligina, Mazasi ham totligina. (Shaftoli) Bir do‘stim bor ajoyib, Agar kim unga kulib boqsa, Kulib boqar iljayib. (Oyna) Quyon emas, Uzun quloq. Ot emas, To‘rtta tuyoq. (Eshak) Tarvuzim bor urug‘siz, Pichoq bilan kesilmas. Kesganingda ham uni, Maza qilib yeb bo‘lmas. (Koptok) Og‘zi yo‘g‘-u tishi bor, Boshimizda ishi bor. (Taroq) Oyog‘i yo‘q – yuradi, Og‘zi yo‘q – gapiradi. (Soat) …

Batafsil

Nutq o‘stirishning dolzarb masalalari

Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning ajralmas qismidir, chunki bolada aynan maktabgacha ta’lim muassasasida birinchi ijtimoiy jarayonlar shakllanadi: u tengqurlari bilan muloqоtga kiri­shadi, maktabga kirishga tayyorgarlik ko‘rish u­chun maqsadli yo‘nalishga ega bo‘lgan birinchi mashg‘ulotlar, guruhli o‘yinlarda ishtirok etadi. Bularning barchasi barkamol avlodni tarbiyalash­ga qaratilgan bo‘lib, asosiy e’tibor uning ruhiy, jismoniy va axloqiy sifatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Hozirgi davr maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarning …

Batafsil

Bolani maktabga tayyorlash mashg‘ulotlari

Insonlarning aql-u zakovati yuksalib borar ekan, jamiyat taraqqiy etib boradi. Farzandlarimizni har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish oldimizda turgan asosiy vazifadir. Biz quyida berayotgan mashqlar psixolog trenerlar, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari va ota-onalar uchun ishlab chiqilgan. Bu mashg‘ulotlar yordamida bolalarni maktab­ga mukammal tayyorlash mumkin. I mashg‘ulot. Tarbiyalanuvchi haqida ma’lumot: 1)    Nabiyeva Durdona Akmal qizi. 2008-yilda tug‘ilgan. Hozir 6 yoshda. 2)   …

Batafsil

Oltin o‘lkam

(Davomi. Boshi o‘tgan sonda) Bayram ertaligi, katta va maktabga tayyorlov guruhlari uchun Qadim Turon P. Mo‘min she’ri     N. Norxo‘jayev musiqasi Uch, Humo qush, Parvozi xush. Aytay chindan, Baxtim sendan. Keng Turkiston, Menga makon. El qadrdon, O‘zbekiston Qadim Turon! Samosi sof, Chaqnar oftob. Bag‘ri kengdir, Do‘sti tengdir. Osmonimda, Makonimda. Sen doimo Bor bo‘l, Humo! Raqqosa qizlar “Atlas ko‘ylak” qo‘shig‘iga raqsga  …

Batafsil