Bosh sahifa | Tag Archives: 2016-yil 3-son

Tag Archives: 2016-yil 3-son

“Echki bolalari” ertagi

Kichik guruhlar uchun nutq o‘stirish mash­g‘uloti Maqsad: bolalarning ertak tinglashga bo‘lgan qiziqishini oshirish. Ertakni diqqat bilan tinglash, ma’nosini tushunish, kattalar gapiga quloq solish, ehtiyotkor bo‘lish hamda bolalarning fasllar haqidagi bilimlarini shakllantirish. Hayvonlar ovoziga taqlid qilishga o‘rgatish. Kutilayotgan natijalar: kichkintoylarning ertakni o‘zlari mustaqil aytib berishlariga erishish. Mashg‘ulotning borishi: bolalarni mashg‘ulotga tayyorlash. Diqqatlarini jalb qilgan holda stol usti teatridan foydalanib ertak qahramonlari …

Batafsil

Bolaligim – poshsholigim

(yoxud Yaponiya maktabgacha ta’lim muassasalariga bir nazar) Yapon ayollari azaldan hech qayerda ishlamay, uyda farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanish­gan. Bugungi kunga kelib esa mamlakatning zamonaviy ayollari ishlash istagini bildirib, farzandlarining ta’lim-tarbiya olishi uchun maktab­gacha ta’lim muassasalariga berishmoqda. Yaponiya maktabgacha ta’lim tizimi uch yildan iborat bo‘lib, bolalar 6 yoshga to‘lgach boshlang‘ich maktabga borishadi. Kichkintoylar davlat tasarrufida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim muassasasiga 3 …

Batafsil

O‘zimiz yasaymiz

Kichkintoylar o‘z qo‘li bilan turli xil buyumlarni, hayvonlarni yasashni juda ham xush ko‘rishadi. Bunday mashg‘ulotni ota-onalari, tarbiyachilari yoki do‘stlari bilan birga bajarish esa ularga olam-olam zavq bag‘ishlaydi. Bolalar o‘z qo‘li bilan biror nima yasash jarayonida o‘zi rang tanlaydi, ishga bor diqqati va mehrini berar ekan, uning ijodkorlik qobiliyati rivojlanadi, dunyoqarashi kengayadi, yasayotgan narsasini yaqindan o‘rganadi. Qurish-yasash ishlarida plastilin, rangli qo­g‘oz, …

Batafsil

Bolalarda agressivlikni bartaraf etish yo‘llari

Hozirgi kunda ta’lim-tarbiya borasida olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Shaxs barkamollikka eri­shish jarayonida turli o‘zgarishlarni boshidan o‘tkazadi. Turli xarakterga ega bo‘lgan obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida, xususan, maktab­gacha yoshdagi bolalar xulq-atvorida o‘zgarishlar, masalan, agressiv holatlar kuzatiladi. Ilmiy adabiyotlarda “agressiya”ga (lotincha “agressio” – “hujum”) “yo‘naltirilgan salbiy xulq-atvor, ijtimoiy muhitdagi qoidalarga, me’­yorlarga amal qilmaslik, obyektlarga, …

Batafsil

“Zumradoylar davrasi”da…

Har tomonlama rivojlangan inson shaxsini shakllantirish davrimizning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Jamiyatimizda olib borilayotgan ta’lim jarayonidagi islohotlarning bosh maqsadi ham barkamol avlodni tarbiyalashdir. Bu borada maktabgacha ta’lim muassasalarida bolaning ilk davridagi qiziqishlari, qobiliyati, ko‘nikmasi, mashg‘ulot jarayoniga bo‘lgan munosabati uning kelgusi hayotida kasb tanlashida poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Bu davrda jajjilarning rivojlanishiga to‘g‘ri yondashuv ularning aqliy va jismoniy faoliyatidagi kamchiliklarini bartaraf etadi. …

Batafsil