Bosh sahifa | Yangi pedtexnologiyalar | Tarbiyachilar va interfaol ta’lim metodlari

Tarbiyachilar va interfaol ta’lim metodlari

Interfaol usullar – o‘quvchilar, tinglov­chilar va o‘qituvchi o‘rtasida o‘zaro harakatni talab qiluvchi metod. O‘qitishning interfaol usullari tinglovchining yuqori faolligini, olingan ma’lumotlarni ijodiy qayta anglashni taqozo etadi. Interfaol o‘qitishning asosiy mezonlari: norasmiy munozara, materialni erkin bayon qilish imkoniyatlari, kam miqdorda ma’ruzalar, ammo ko‘p miqdorda seminar, tinglovchining tashabbusi, jamoa harakatini talab qiluvchi guruhiy topshiriqlar mavjudligi, yozma ishlarning bajarilishidir.

Uslub: Bahs-munozara, guruhlar bo‘yicha ishlash.

Mashg‘ulotning borishi:
Tinglovchilar turli shakllar (lola, chinnigul, olma, nok) tasvirini bittadan tanlab oladilar va 4 guruhga bo‘linadilar. O‘qituvchi trening mavzusi, yoritilishi lozim bo‘lgan jihatlar, bajariladigan ishlar haqida ko‘rsatma beradi. Guruhlar o‘zlariga nom, shior, sardorlarni tanlab oladilar. Trening mashg‘ulotidan ko‘zlangan maqsad­ga erishish uchun ishtirokchilar “Bugungi anjumandan nimani kutyapsiz?” – degan savoldan kelib chiqib o‘zlari kutayotgan natija va qoidalarni tuzadilar.

Kutilayotgan natijalar:
  • yangilik;
  • samarali muloqot;
  • bahs;
  • yangicha fikrlash;
  • ijodkorlik;
  • amaliy uslub;
  • qiziqarli o‘yinlar.
Qoidalar:
  • o‘z-o‘zini hurmat qilish;
  • bahsning samaradorligi;
  • qisqa va aniq so‘zlash;
  • izchillik;
  • boshqalar fikrini tinglash;
  • baholashga shoshilmaslik;
  • rag‘batlantirish.
1-shart: Hurmatli ishtirokchilar, siz turli tumanlardan tashrif buyurgansiz, shuning uchun hozir bir-birimiz bilan tanishib olamiz. Bar­changiz mana bu shakldagi savollarga aniq, tu­shunarli qilib javob berishingiz kerak.
Har bir tinglovchi bu savollarga aniq va qisqa qilib javob berishi kerak bo‘ladi.

2-shart: “O‘zingizni toping”
“Zukko”, “Qiziquvchan”, “Tadbirkor”, “Ijod­kor” yozuvlari qo‘yiladi va har bir ishtirokchi o‘zi tanlagan yozuvlar oldiga borib turi­shi so‘raladi. Ishtirokchilar 4 guruhga bo‘linadilar. O‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan har bir guruhdan bittadan ishtirokchi chiqib, nima u­chun bu so‘zni tanlaganini izohlaydi.
O‘qituvchi javoblarning mazmuniga qarab ishtirokchilarni rag‘batlantirib turadi.

Birinchi guruh: – Biz “Zukko” so‘zini tanladik. Inson zukko bo‘lsagina, hamma muammoga yechim topa oladi. O‘z aql-zakovati bilan ishni to‘g‘ri tashkil qiladi.

Check Also

Mashg‘ulot samaradorligini oshirishda to‘garak rahbarining o‘rni

Ta’lim jarayonini ijodiy yondashuv asosida tashkil etishda interfaol ta’lim va interfaol metodlarning o‘rni beqiyosdir. Zero, …