Bosh sahifa | Tarbiyachi kutubxonasi | Tarbiyada mif va haqiqatlar

Tarbiyada mif va haqiqatlar

Farzand tarbiyasida har kim turlicha yonda­shuvni ma’qul ko‘radi. Ammo insonlarning jigarbandlari uchun qo‘llayotgan tarbiya usullari qanchalik to‘g‘ri ekanligini hammamiz ham bilavermaymiz. Bu jarayonda ingliz psixologi Jon Medinaning hozirgi zamon tarbiya usullari va ularning qanchalik to‘g‘riligi haqida o‘z qarashlari mavjud. Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin.

Mif: vujudingizdagi bola uchun Motsartning ijodidan kuy chalib bersangiz, farzandingizda ma­tematikaga bo‘lgan qobiliyatni rivojlantirasiz.

Haqiqat: bolangiz ona qornidaligi vaqtida eshitgan, his qilgan va hidlagan narsalarni, shuningdek, Motsartni ham tug‘ilganidan so‘ng eslashni boshlaydi. Agar siz bolangizni kelajakda matematikaga qobiliyatli bo‘lishini istasangiz, yoshlik chog‘idan boshlab uning xatti-harakatlarini o‘zi nazorat qilishiga o‘rgating.

Mif: emizikli yoki yosh bola DVD orqali nutqni rivojlantiruvchi darslarni tomosha qilsa, bu uning so‘z boyligini oshiradi.

Haqiqat: aslida ba’zi bir disklar bolaning so‘z boyligi keskin kamayib ketishiga sabab bo‘­ladi. Lekin siz bolangiz bilan aynan mul­oqotda bo‘lishingiz va muloqot jarayonida turli mavzuga oid so‘zlardan foydalanishingiz bola so‘z boyligining o‘sishiga va intellekt koeffitsentining oshishiga yordam beradi. Buning uchun esa bola so‘zni, albatta, sizdan, jonli insondan eshitmog‘i shart.

Check Also

Xush kelibsan, Mehrjon!

Bayram ssenariysi TARBIYACHI: – Bog‘bon yig‘ib hosilin, Bozor tomon chog‘lansa, Ayting-chi, do‘stlar bu chog‘, Qaysi …