Bosh sahifa | Maktabga tayyorlov | To‘g‘ri talaffuz to‘g‘ri yozuv bilan mushtarak bo‘lsa…

To‘g‘ri talaffuz to‘g‘ri yozuv bilan mushtarak bo‘lsa…

1. Charos jo‘jalariga don beryapti. U jo‘jalarini “chip-chip” deb chaqiryapti.
Charos jo‘jalarini qanday chaqiryapti? “Chip-chip”, “chip-chip”, “chip-chip”.
• “Chip-chip” so‘zida birinchi qanday tovushni eshityapsiz? “Ch”.

2. “Ch” nima deydi? 3. Topishmoqning javobini toping!
Chigirtka zo‘r cholg‘uchi,
Chalar kuy charchamasdan.
Chirildoqlar jo‘r bo‘lib
Chirillar har tarafdan.
Chir aylanib o‘ynaydi
Chiroyli kapalaklar,
Chapak chalib quvnaydi
Chamandagi chechaklar.
Qora, qizil qanotli,
Bitta otim ishlar ko‘p.
Tinim bilmas yoz bo‘yi,
Qishda mamnun, xursand xo‘b.
(Chumoli)
Ushlash uchun bandi bor,
Har uyga juda kerak.
Obi hayot sig‘imi,
Nima ekan bu? Bu – …..
(Chelak)

 • Topishmoq javobidagi birinchi tovush qaysi? “Ch”.

4. Ko‘zguga qarang va “Ch” tovushining hosil bo‘­­lishini kuzating.
Tovush artikulyatsiyasi
Lablar aylana shaklida va bir oz oldinga chiqqan, tishlar bir-biriga jipslashgan, til uchi, til kuragi yuqoridagi tishlar yoki alveolalar bilan birikadi. Bu birikuv sekin-asta ular o‘r­tasidagi tirqishga aylanadi, til o‘rtasidan qisqa havo oqimi o‘tadi. Buni his etish uchun qo‘l kaftini og‘iz oldiga olib kelish kerak, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devoriga qisilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib qo‘yadi, havo esa og‘iz orqali o‘tadi, tovushning bog‘lamlari ochiq, tovush jaranglamaydi.
“Ch” tovushini talaffuz qiling.

• “Ch” tovushini talaffuz qilganimizda havo to‘siqqa uchraydimi?
• Havo qayerda to‘siqqa uchraydi?
• Demak, “Ch” unli tovushmi, undosh tovushmi?
• “Ch” tovushini talaffuz qilish paytida un paychalari titraydimi?
Eslab qoling!
“Ch” – undosh, shov­qinli, til oldi tovushidir.

5. Rasmdagi narsalarning nomini ayting. “Ch” tovushining so‘zlardagi o‘rnini aniqlang!

     
Chana Pichoq Qaldirg‘och

6. “Ch” tovushi ishtirok etgan so‘zlarni eslang va ularni ayting!

7. “Childirma” so‘zini talaffuz qiling. So‘z­dagi unli va undosh tovushlarni ajrating.

Eslab qoling!
So‘zda nechta unli bo‘l­sa, shuncha bo‘g‘in bo‘ladi.

Check Also

Nutqimiz to`g`ri va ravon bo`lsin

MAVZU: NON Suhbat Non va non mahsulotlari; nonning qanday tayyorlanishi; uni e’zozlab, uvol qilmaslik haqida …