Bosh sahifa | Maktabga tayyorlov | To‘g‘ri talaffuz to‘g‘ri yozuv bilan mushtarak bo‘lsa…

To‘g‘ri talaffuz to‘g‘ri yozuv bilan mushtarak bo‘lsa…

    “Childirma” so‘zida nechta bо‘g‘in bor? Nima uchun?
•    So‘zdagi birinchi tovush qaysi? U jaranglimi yoki jarangsiz tovushmi?
•    So‘zdagi ikkinchi tovush qaysi? U unli yoki undosh tovushmi? Nima uchun?
•    So‘zdagi uchinchi tovush qaysi? U unlimi yoki undoshmi, jarangli yoki jarangsiz tovushmi?
•    So‘zdagi to‘rtinchi tovush qaysi? U unli yoki undosh tovushmi? Nima uchun?
•    So‘zdagi beshinchi tovush qaysi? U unlimi yoki undosh?
•    Sо‘zdagi oltinchi tovush qaysi? U qanday tovush?
•    Sо‘zdagi yettinchi tovush qaysi? U jarangli yoki jarangsiz tovushmi?
•    Sо‘zdagi sakkizinchi tovush qaysi? U unlimi yoki undosh?
•    Sо‘zda nechta tovush bor?
•    Sо‘zdagi birinchi bo‘g‘inni ayting.
•    Sо‘zdagi ikkinchi bо‘g‘inni ayting.
•    Sо‘zdagi uchinchi bо‘g‘inni ayting.

8. “Ch” harfini yozish uchun zarur bo‘l­gan qismlarni tanlang va uni hosil qiling.

9. Barmoqlaringiz bilan “Ch” harfini hosil qiling.

“Charos”, “Choynak” so‘zlari,
“Ch” harfidan boshlanar.
Ikki o‘rtoq doimo,
Ajratmasdan yozilar.

10. “Childirma” so‘zini qo‘l barmoqlari yor­damida hosil qiling.

11. “Ch” harfi ni­ma­lardan ho­sil qi­li­n­gan?

• Rasmdan “Ch” harfiga о‘xshash shaklni toping!

12. O‘qing.

ChA ChU ChO ChI ChE
ACh UCh OCh ICh ECh

Bir bo‘g‘inli so‘zlarni o‘qing va tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qiling:

ChOY ChOL ChOK ChIT KUCh

Ikki bo‘g‘inli so‘zlarni o‘qing, bo‘g‘inlarga ajrating, “Ch” harfining so‘zdagi o‘rnini aniq­lang:

Chov-li
Chor-va
Poch-ta
Cha-ros
No-chor
Ku-chuk
Gu-ruch
Che-var
Chi-vin
Cha-na
Cha-pak
Lo-chin

Uch bo‘g‘inli so‘zlarni o‘qing, bo‘g‘inlarga ajrating. “Ch” harfining so‘zdagi o‘rnini aniq­­lang:

Cham-ba-rak
Be-lan-chak
Chil-dir-ma
Chi-girt-ka
Ti-kuv-chi
Bi-rin-chi

Charos juda mehribon qiz. U bu yil birinchi sinfga boradi. Uning mittigina kuchukchasi bor. U kuchukchasiga Olapar deb nom bergan. Kuchukchasi Charosdan bir zum ham ajralmaydi. Charos har kuni kuchukchasining rasmini chizadi. Chizgan rasmlari barchaga manzur.

Check Also

Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

“V” tovushi artikulyatsiyasi va talaffuzini aniqlashtirish “V”  harfi