Bosh sahifa | Maktabga tayyorlov | To‘g‘ri talaffuz to‘g‘ri yozuv bilan mushtarak bo‘lsa…

To‘g‘ri talaffuz to‘g‘ri yozuv bilan mushtarak bo‘lsa…

1. Dalada qо‘ng‘iz uchyapti. U qanday ovoz chiqaryapti? “J-j-j-j-j-j…”
• “J-j-j-j”– qanday tovushni eshityapsiz? “J”.

2. “J” nima deydi?
“J” harfiman jarangli,
Jozibador va jo‘shqin.
Jonimga joylaganman,
Jonajon vatan mehrin.

3. Topishmoqning javobini toping!
Yorib oppoq uychasin
“Chip-chip” deb qo‘yadi,
Chuvalchangni cho‘chimay,
Cho‘qib yeb qo‘yadi.
(Jo‘ja)
О‘zi ichkarida,
Soqoli tashqarida.
(Jo‘xori)

• Topishmoq javobidagi birinchi tovush qaysi? “J”

4. Ko‘zguga qarang va “J” tovushining hosil bo‘­­lishini kuzating.
Tovush artikulyatsiyasi
Lablar aylana shaklida bir oz oldinga chiqqan, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, tilning keng uchi alveolaga yoki qattiq tanglayning oldingi qirrasiga kо‘tarilgan bо‘lib, ular о‘rtasida tirqish (bо‘shliq) hosil bо‘ladi, tilning о‘rtasidan iliq havo oqimi о‘tadi. Buni his etish uchun qо‘l kaftining orqa tomonini og‘iz oldiga olib kelish kerak, yumshoq tanglay tomoqning orqa devoriga siqilgan bо‘lib, burun yо‘llarini yopib qо‘yadi, о‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz orqali о‘tadi, tovush bog‘lamlari bog‘langan bо‘lib, tebranib tovush hosil qiladi.
“J” tovushini talaffuz qiling.

• “J” tovushini talaffuz qilganimizda havo tо‘siqqa uchraydimi?
• Havo qayerda tо‘siqqa uchraydi?
• Demak, “J” unli tovushmi, undosh tovush­mi?
• “J” tovushini talaffuz qilish paytida un paychalari titraydimi?
Eslab qoling!
“J” – undosh, shovqinli, til oldi tovushidir.

5. Rasmdagi narsalarning nomini ayting. “J” tovushining so‘zlardagi o‘rnini aniqlang!

Jo‘ja Anjir Toj

6. “J” tovushi ishtirok etgan sо‘zlarni eslang va ularni ayting.

7. “Jasorat” sо‘zini talaffuz qiling. Sо‘zdagi unli va undosh tovushlarni ajrating.

Eslab qoling!
So‘zda nechta unli bo‘l­sa, shuncha bo‘g‘in bo‘ladi.

Check Also

Nutqimiz to`g`ri va ravon bo`lsin

MAVZU: NON Suhbat Non va non mahsulotlari; nonning qanday tayyorlanishi; uni e’zozlab, uvol qilmaslik haqida …