Bosh sahifa | Maktabga tayyorlov | To‘g‘ri talaffuz to‘g‘ri yozuv bilan mushtarak bo‘lsa…

To‘g‘ri talaffuz to‘g‘ri yozuv bilan mushtarak bo‘lsa…

1. Elbek baliq tutyapti. “Eh! Baliq qarmoqqa ilinmadi!” – hayqirdi Elbek.
“Eh!” – Sо‘z boshida qanday tovushni eshityapsiz? “E”

2. “E” nima deydi? 3. Topishmoqning javobini toping!
Etik sotib olibdi, Tak-tak tomdan qor yog‘ar.
Etikdо‘zdan echkivoy. (Elak)
Ehtiyotlab etigin, Quyon emas, uzun quloq
Endi tinmay surtar moy. Ot emas, tо‘rtta tuyoq
(Eshak)

 • Topishmoq javobidagi birinchi tovush qaysi? “E”.

4. Ko‘zguga qarang va “E” tovushining hosil bo‘­­lishini kuzating.
Tovush artikulyatsiyasi
Lablar jilmaygan (kulgan), tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin birlashmagan, tilning keng uchi pastki tish qirralariga tekkan holatda, yum­shoq tanglay tomoqning orqa devoriga siqilgan, burun yо‘l­larini yopib turgan hamda ha­vo oqimi og‘iz orqali о‘tib ketadigan, tovush bog‘lamlari birikkan, tebranib tovush hosil qiladigan holatda bо‘ladi.
“E” tovushini talaffuz qiling.
• “E” tovushini talaffuz qilganimizda havo oqimi tо‘siqqa uchraydimi?
• Demak, “E” unli tovushmi, undosh tovushmi?
• “E” tovushini talaffuz qilish paytida un paychalari titraydimi?
Eslab qoling!
“E” – unli tovushdir.

5. Rasmdagi narsalarning nomini ayting. “E” tovushining so‘zlardagi o‘rnini aniqlang!

Etik Behi Telefon

6. “E” tovushi ishtirok etgan so‘zlarni eslang va ularni ayting!

Eslab qoling!
So‘zda nechta unli bo‘l­sa, shuncha bo‘g‘in bo‘ladi.

Check Also

“Yo‘l harakati shahri”ga sayohat

Bolaning katta hayotga qadam qo‘yishi, avvalo, oiladan, ota-ona tarbiyasidan boshlansa, maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiyaga yordamchi …