Bosh sahifa | Topishmoqlar | Topishmoqlar

Topishmoqlar

O‘zi shirin tukligina,
Mazasi ham totligina.

(Shaftoli)

Bir do‘stim bor ajoyib,
Agar kim unga kulib boqsa,
Kulib boqar iljayib.

(Oyna)

Quyon emas,
Uzun quloq.
Ot emas,
To‘rtta tuyoq.

(Eshak)

Tarvuzim bor urug‘siz,
Pichoq bilan kesilmas.
Kesganingda ham uni,
Maza qilib yeb bo‘lmas.

(Koptok)

Og‘zi yo‘g‘-u tishi bor,
Boshimizda ishi bor.

(Taroq)

Oyog‘i yo‘q – yuradi,
Og‘zi yo‘q – gapiradi.

(Soat)

Osti tosh, usti tosh,
Orasida jondor bosh.

(Toshbaqa)

Osti sariq, usti sariq,
Shirin, totli, ichi tariq.

(Anjir)

Sariqligi  – zar, dedim,
Totib asal – qand, dedim.

(O‘rik)