Bosh sahifa | Navbatdagi mashg‘ulotga | Xayr bog‘cha – salom maktab

Xayr bog‘cha – salom maktab

Maktabga tayyorlov guruhlari uchun bayram ssenariysi

Bog‘cha sahnasi bayramona bezatilgan. Devorda atrofi gullar bilan bezatilgan “Xayr bog‘cha – salom maktab” so‘zlari yozilgan plakat ilingan. Bolalar sahnaga qo‘llarida gul va bayroq­chalar bilan kirib keladilar. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangraydi.

BOSHLOVCHI: – Assalomu alaykum ota-onalar, aziz buvijonlar, mehribon tarbiyachi us­tozlar! Sizlar bilan 5 yil davomida birga bo‘lib, bugun xayrlashmoqdamiz. Sizlarni “Xayr bog‘­cha – salom maktab” nomli xayrlashuv oqshomiga bag‘ishlangan bayramimizni tomosha qilishga taklif etamiz. Tadbirni muassasa rahbari ochib beradi.

MUASSASA RAHBARI:
– Yuzlaring yal-yal yonib, odimlaysan mardona
Bir qo‘lingda sumka bor, birida-chi guldasta.
Oylar o‘tar, yil o‘tar, ulg‘ayasan bir kun sen,
Seni kutar koinot, kutadi qahramon el.

1-BOLA:
–    Bu dunyoda chamanlar ko‘p,
Bu dunyoda vatanlar ko‘p,
Barchasida yashnar gullar,
Barchasida yashnar dillar.
Mening uchun yer-u bo‘ston,
O‘zbekiston, O‘zbekiston!

BARCHA BOLA:
– Mo‘tabar va aziz opa­jonlarimiz, sizlarga ta’zim qilamiz!

MADINA:
–    Nima uchun bu kunni,
Qutlug‘ bayram qilamiz.
Chunki tez kun ichida,
Biz maktabga boramiz.

BOTIRJON:
–    Bugun hamma shod-xurram,
Dadam, oyim va opam.
Tabriklashib ketishar,
Hatto xolalarim ham,
Salom maktab, jon maktab!

Bolalar ijrosida “Xayr bog‘cham, bog‘cha opam” qo‘shig‘i kuylanadi.

BOSHLOVCHI:
–    Tabriklaymiz-tabriklaymiz,
7 yoshga to‘libsiz.
Tabriklaymiz hammamiz,
Katta bola bo‘libsiz.

1-BOLA:
–    Xayr-bog‘cham, gul bog‘cham,
Bag‘ri to‘la nur bog‘cham.
Xayr o‘yinchoqlarim, bolg‘acha-yu, o‘rog‘im,
Xayr paqircha-yu, kuragim,
Xayr g‘oz-u, o‘rdagim.
Oq quyonim yaxshi qol,
Mashinacham yaxshi qol.

2-BOLA:
–    Ona kabi mehribon,
Ilm fanlarga makon.
Yayrab o‘qiyman har on,
Qadrdonim maktabim.

BOSHLOVCHI: – Aziz bolajonlar! Bugun sizni tabriklash uchun ota-onalaringiz, mehmonlar va kichkintoy ukalaringiz tashrif buyurishgan. Ular sizlarni mustaqil O‘zbekistonimizning yetuk farzandlari bo‘lib yetishishingizda omad va muvaffaqiyatlar tilaydilar. Katta guruh bolalari musiqa ostida kirib keladilar.

3-BOLA:
–    Opajonlar, akajonlar yetti yoshga to‘libsiz,
Tabriklaymiz biz sizni, siz o‘quvchi bo‘libsiz.

Check Also

Bahorda uchib keluvchi qushlar

Nigora KAZAKOVA, Uchtepa tuman Xalq ta’limi muassasalarini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tasarrufidagi 388-sonli …