Bosh sahifa | Navbatdagi mashg‘ulotga | Xayr bog‘cha – salom maktab

Xayr bog‘cha – salom maktab

4-BOLA:
–    Men ham sizday bo‘laman,
Maktabga ham boraman.
“2” baho olsangiz,
Xafa bo‘lib qolaman.
Bolalar “Tinchlik bo‘lsin” qo‘shig‘ini aytib beradilar.

5-BOLA:
–    Mehr nuri yog‘ar doim, yuzingizdan ustozlar.
Yursam deyman bu tabarruk, izingizdan ustozlar.

1-BOLA:
–    Biri gul, biri bulbul, o‘g‘il qizlar shod bugun.
Qalbidan gul tutadi, mehribon ustoz uchun.
Bolalar “Ustozlar” qo‘shig‘ini aytib beradilar.

2-BOLA:
–    Xayr g‘uv-g‘uv mashinam,
O‘rtoq bo‘lgansan sen ham.
Maktab yoshiga yetdim,
Endi o‘qiyman men ham.

BOSHLOVCHI: – Bolajonlar, kelinglar, siz­lar bilan “Maktab-maktab” o‘yinini o‘ynaymiz! Qani, bog‘chada olgan bilimlaringizni bir sinab ko‘raylikchi!
Darsga qo‘ng‘iroq chalinadi.
– Bolalar! Qo‘n­g‘iroq bizni ona tili darsiga chorlayapti. Kim ona tilimiz haqida she’r biladi.

3-BOLA:
–    Ona tilim dono tilim,
Berar menga dunyo bilim.
Ona tilim o‘tkir so‘zim,
Senda kamol topdi tilim.

4-BOLA:
–    Qayga borsam o‘tkir so‘zim,
oyga uchsam oydin yuzim.
Aqlim oshar, baxtim toshar
ona tilim, ona tilim.
Tanaffusga qo‘ng‘iroq chalinadi.

BOSHLOVCHI: – Bolajonlar tanaffusga qo‘n­g‘iroq chalinyapti. Tanaffus nimaligini bilamizmi? Tanaffusda qo‘shiq aytish, raqsga tushish, o‘ynash mumkin.
Bolalar birgalikda “Maktab nimani o‘rgatadi” qo‘shig‘ini ijro etib beradilar.
Darsga qo‘ng‘iroq chalinadi.

BOSHLOVCHI: – Navbatdagi darsimiz ma­­tematika. Misollarni eshiting!

1-misol: – Qorga yiqildi Vali, uning ketidan Ali, keyin yiqildi Jabbor, qorda qancha bola bor.
Bolalar javobi (3 ta).

2-misol:
– Quyonchani uyiga tashrif buyurdi do‘sti.
To‘nkaga o‘tirvolib, sabzini mazza qilib,
Har biriga beshtadan, yedilar qarsillatib,
Kim bilar sanog‘ini, nechta yeyilgan sabzi.
Bolalar javobi (10 ta).

Tanaffusga qo‘ng‘iroq chalinadi.

BOSHLOVCHI: – Bolajonlar, tanaffusga qo‘ng‘iroq chalindi. Hozir bizning qizlarimiz chiroyli raqs ijro etib beradilar.
Qizlar ijrosida “Bog‘ ichida” raqsi. Darsga qo‘ng‘iroq chalinadi.

BOSHLOVCHI: – Aziz bolajonlar, qo‘n­g‘iroq bizni jismoniy tarbiya darsiga chorlayapti. “Biz Alpomish o‘g‘lonlari” qo‘shig‘i. Bayroq­chalar bilan mashq.
Tanaffusga qo‘ng‘iroq chalinadi.

BOSHLOVCHI: – Bolajonlar, yana sizlarning bilimlaringizni sinab ko‘ramiz!
–    Qor erib shoshar, ariqlar toshar.
Gullar ko‘p asl, bu qaysi fasl?

BOLALAR: – Bahor!

BOSHLOVCHI:
– Qizdirar quyosh, cho‘g‘­dek yonar tosh.
Dalada hosil, bu qaysi fasl?

Check Also

Nutqimiz to`g`ri va ravon bo`lsin

MAVZU: HASHAROTLAR Suhbat Hasharotlarning yashash tarzi: oziqlanishi, tuzilishi (boshi, mo‘ylovi, qanoti, oyog‘i), uyi (kavak, in), …