BOLALAR: – Yoz!
BOSHLOVCHI:
– Bo‘m-bo‘sh dala, qir, yog‘adi yomg‘ir.
Tinmay muttasil, bu qanday fasl?
BOLALAR: – Kuz.
BOSHLOVCHI:
– Yerni qor qoplar, soyni muz yopar.
Ayoz behazil, bu qaysi fasl?
BOLALAR: – Qish.
BOSHLOVCHI: – Rahmat bolajonlar, judayam bilimli, zukko, dono bolalar ekansizlar. Shu vaqt davraga sho‘x musiqa ostida Bilmasvoy kirib keladi.
BILMASVOY: – Iye, bu yerda nima bo‘lyapti? Bunchayam odamlar ko‘p!
BOSHLOVCHI: – Bilmasvoy, avval, bizlar bilan salomlashmaysanmi? O‘zing qayerga ketyapsan?
BILMASVOY: – Ey! Shuniyam bilmaysizmi, maktabga ketyapman, maktabga!
BOSHLOVCHI: – Xo‘p yaxshi, maktabga ketayotgan ekansan, sanashni, yozishni, o‘qishni bilasanmi?
BILMASVOY: – Ey! Meni nima deyapsiz! Qoyillataman!
BOSHLOVCHI: – Bo‘lmasa seni bir sinaylikchi. 2+2 nechchi bo‘ladi.
BILMASVOY: – 3 bo‘ladi.
BOSHLOVCHI: – To‘g‘rimi bolalar?
BOLALAR: – Yo‘q, noto‘g‘ri, 4 bo‘ladi.
BOSHLOVCHI: – 1+1ni qo‘shsak nechchi bo‘ladi. Bilmasvoy o‘ylanib qoladi.
BOSHLOVCHI: – Endi o‘qish va yozishga o‘tamiz. Mana shu harflardan “Vatan” va “Ona” so‘zlarini yozib ber-chi. Bilmasvoy harflarni to‘g‘ri qo‘ya olmaydi.
BOSHLOVCHI: – Bolalar to‘g‘rimi?
BOLALAR: – Yo‘q, noto‘g‘ri!
BOSHLOVCHI: – Sumkalarni nima qilasan? Qani bir ko‘raylikchi.
BILMASVOY: – Bittasini kelayotib shaftolizor bog‘dan topib oldim. Ikkinchisida o‘zingiz ko‘rib turganingizdek.
BOSHLOVCHI: – Ko‘rib turibman. Murabbo, pechenye, qatiq, non, bulochka… Kitob, daftarlaring esa ezg‘ilanib, buklanib ketibdi-ku! Eh essiz daftar, kitoblar. Maktabga o‘qigani emas, qorin to‘ydirgani borasan shekilli-a! Mana bu sumkang ochilmayapti-ku!
BILMASVOY: – Buni bog‘dan topib oldim dedimku. O‘zimam rosa urinib ocha olmadim. Bunga kalit bo‘lmasa ocha olmaymiz!
Musiqa ostida davraga oltin kalit ko‘targan Buratino kirib keladi.
BURATINO: – Assalomu alaykum, qadrli bolalar, aziz mehmonlar va ustozlar! Bugun bayramlaringizni eshitib sizlarni tabriklagani ertaklar olamidan kelyapman.
BILMASVOY: – Kalitni menga ber.
BURATINO: – Sen odobni bilasanmi?
BOSHLOVCHI: – To‘xta, to‘xta Bilmasvoy! Sen o‘zing haqiqatan ham odobni bilmas ekansan. Sen Buratinodan kalitni iltimos qilib so‘rab ko‘rchi.
BILMASVOY: – Buratino, iltimos, kalitingni bir daqiqaga berib tur. Sumkamni ochib olay.
BURATINO: – Beraman, faqat bitta topishmog‘im bor. Shuni topsang beraman.
BILMASVOY: – Topaman, tezroq ayt.
BURATINO: – Qat-qatgina qatlama, esing bo‘lsa tashlama.
BILMASVOY: – Ey… bu qatlama-ku!
BURATINO: – Ey… Shu darding ovqat ekanda seni. Noto‘g‘ri! Bolajonlar sizlar topishmoqni javobini aytasizlarmi?