Bosh sahifa | Navbatdagi mashg‘ulotga | Xayr bog‘cha – salom maktab

Xayr bog‘cha – salom maktab

BOLALAR: – Bu kitob.

BOSHLOVCHI: – Bilmasvoy, Buratino bugun bog‘chamizda bayram, sizlar ham mehmon bo‘linglar.
BURATINO: – Mana, kalitni ola qol! Kalitni Buratinodan olib sumkani ochadilar.

BOSHLOVCHI: – Bolalar bu xat ekan. Bu xatda ertak qahramonlari, o‘rmon hayvon­chalari sizlarni bugungi bayram bilan tabrikla­shibdi. Sizlar Vatanimizni yetuk farzandi bo‘lib yetishishingizga tilak bildiribdilar. Bilmasvoy senga ham rahmat, bu sumkani bizga olib kelganing uchun!

1-BOLA:
–    Bog‘cham bo‘lsin deb shinam,
tolmay yelib yugurgan.
Sizga ta’zim qilamiz, rahmat mudira xolajon.

2-BOLA:
–    O‘stirdingiz bizlarni tarbiyachi opajon,
Har doim bo‘ling omon, sizga ta’zim ehtirom!

3-BOLA:
–    Qo‘shiqlarni o‘rgatgan, musiqa chalib doim.
Bizlarni xursand etgan, rahmat musiqachi opajon.

4-BOLA:
–    Oq yuvib oq taragan, charchash nima bilmagan.
Bizga parvona bo‘lgan, rahmat enaga xolajon.

5-BOLA:
–    Oziq-ovqatlar tashib, doim bizga yetkazgan.
Xo‘jalik mudiri sizga ko‘pdan-ko‘p rahmat.

6-BOLA:
–    Hamisha mehribonsiz, boshimizda turdingiz.
Kasal bo‘lsak parvona, dorilarni berdingiz.

7-BOLA:
–    Shirin ovqatlar qilib, parvona bo‘lib dildan.
Shavla, palov pishirgan, xayr, oshpaz xolajon.

8-BOLA:
–    Bog‘chamizni bog‘ qilib, ko‘rkam va salqin qilib.
Doim gullar tutdingiz, xayr bog‘bon otajon.

9-BOLA:
–    Quchog‘ingdan ketaman,
ardog‘ingdan ketaman.
Seni eslayman har dam,
maktabim bag‘rida ham.

Hamma bolalar birgalikda “Unutmaymiz hech qachon, xayr mehribon bog‘cham” qo‘shig‘ini ijro etadilar. Bayram dasturi ommaviy raqs bilan yakunlanadi.

Odina ABOBAKIROVA.
FVXTXQTMOI “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi.
Ra’noxon AXUNOVA,
“Boychechak Risq” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi.

Check Also

BOLANGIZ ROST GAPIRISHDAN QO‘RQMASIN

Yolg‘on gapirish kichik yoshli bolalar uchun “muhim ijtimoiy xususiyat” hisoblanadi. Lankaster universiteti psixologi tadqiqotlar uydirma …