Bosh sahifa | Tarbiyachi kutubxonasi | Xush kelibsan, Mehrjon!

Xush kelibsan, Mehrjon!

Bayram ssenariysi

TARBIYACHI:
– Bog‘bon yig‘ib hosilin,
Bozor tomon chog‘lansa,
Ayting-chi, do‘stlar bu chog‘,
Qaysi fasl bo‘ladi?Bolalar:
– Kuz fasli.TARBIYACHI:
– Dehqon bobom belbog‘in,
Yechib yoysa dalaga,
Birin-ketin angordan,
Ota bersa tarvuzin
Ayting-chi, bolajonlar
Qaysi fasl bo‘ladi?Bolalar:
– Kuz fasli.

Kuz momo, savati mevalarga to‘lgan bog‘bon va poliz ekinlarini ko‘targan bobodehqon sahnaga kirib keladilar.

Mehrjon

Qambar Ota she’ri
TARBIYACHI:

– Xush kelibsan, Mehrjon,
Saxovatli sehrjon.
Shirin-shakar, lazzatli,
Qalb to‘rida izzatli.
Sensan tenglik bayrami,
Bag‘rikenglik bayrami.
Quchog‘ing bolga to‘la,
Hosil, iqbolga to‘la.

Raqqosa qizlar ijrosida kuz raqsi.

Kuz momo:
– Elim bilmay hech tinim,
Mehnat qildi shomgacha.
Endi yig‘ib hosilin,
Bayram qiling tonggacha.
Sahnaga poliz ekinlari va mevalar chiqib keladilar.Anor:
– Garchi bo‘yim pastgina,
Po‘stim ham yarashiqli.
Mevam qizil donacha,
Anor shaklim o‘zgacha.Behi:
– Malla tukli momiq po‘st,
Artsang chiqar qattiq po‘st.
Deyishar meni behi,
Mevalar shohi behi.Shaftoli:
– Mayin tukli, momiqqina,
Yesang yumshoq, suvlikkina.
O‘rik menga qarindosh,
Shaftoliman hali yosh.

Uzum:
– Gar o‘rmalab o‘ssam ham
Mevalarim ko‘p g‘ujum.
Charos, toyfi, husayni,
Deydilar meni uzum.

Nok:
– Shaklim misli nosqovoq,
G‘irchillayman yegan chog‘.
Yesang deysan ko‘p rahmat,
Nokman, kelgin marhamat.

Check Also

Antuan de Sent-Ekzyuperining tarbiyachilarga maslahati

Men tarbiyachilarni huzurimga chaqirib, ularga qarata dedim: –    Sizlarning vazifangiz murg‘ak qalblardagi insonni poymol etib, …