Bosh sahifa | Tarbiyachi kutubxonasi | Xush kelibsan, Mehrjon!

Xush kelibsan, Mehrjon!

Tarvuz:
– Beqasam to‘n egnimda,
Doim yal-yal yonaman.
Pichoq ursang qarsillab,
Ikki palla bo‘laman.

Oshqovoq:
– Meni deydilar kadi,
Lekin asli qovoqman.
Somsa, mantim yesangiz,
Biling, sizga o‘rtoqman.

Sholg‘om:
– Garchi ta’mim yoqmaydi,
Lekin xosiyatim ko‘p.
Ko‘zni qilaman ravshan,
Men sholg‘omboy bo‘laman.

Meva va sabzavotlar dehqon hamda bog‘bon atrofida raqsga tushadi.

SABZI VA OLMA DIALOGI

Olma:
– Men daraxtda pishaman,
Pishsam to‘p-to‘p tushaman.
Shaklim yum-yumaloq,
Rangim qizil, sariq oq.
Bog‘bon bobom mevasi,
Hammaning arzandasi.
Daraxtdir mening uyim,
Sog‘liq tilashdir o‘yim.

Sabzi:
– Yer ostidir makonim,
Quyoshni ko‘rmas yuzim.
Lekin shifobaxshlikda,
Qolishmasman, chin so‘zim.
Rangim qizil yo sariq,
Shaklim uzun va oriq.
Dehqonning zahmatidan
Bo‘larman elga tortiq.

Olma:
– Ona quyosh taftidan,
O‘sib bahra olamiz.
Elimiz dasturxonin,
To‘la-to‘kis qilamiz.

TARBIYACHI:
– Endi navbat mevalar ha­qidagi topishmoqlarga.
Keyingi Oldingi
1-BOLA:
– Qattiq po‘stloq ichida
Besh oltita mag‘iz bor.
Yer ostida makoni,
Yong‘oqdek akasi bor.

(Yeryong‘oq)

2-BOLA:
– Toshbaqaga o‘xshar kosasi,
Ichi to‘la g‘ij-g‘ij yog‘.
Xotirani zo‘r qilar,
Po‘stin yecholsang shu chog‘.

(Yong‘oq)

3-BOLA:
– Meni derlar zardoli,
Shaftoliga sherikman.
Yesang deysan misli bol,
Kaminangiz …man

(O‘rik)

4-BOLA:
– Baldoq qilib juftimni,
Qizlar taqar quloqqa.
Tanam mustahkam, xolos,
Eng shirinim qo‘qon…

(Gilos)

5-BOLA:
– Mevalarning boshiman,
Kamqonlikning dushmani.
Yesang qilmaysan attang,
Men …man sen bilsang.

(Olma)

Keyingi Oldingi

G. HAMIDOVA,
JDPI “Maktabgacha ta’lim nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi.
D. MATLABOVA,
JDPI “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi talabasi.

Check Also

Antuan de Sent-Ekzyuperining tarbiyachilarga maslahati

Men tarbiyachilarni huzurimga chaqirib, ularga qarata dedim: –    Sizlarning vazifangiz murg‘ak qalblardagi insonni poymol etib, …