Bosh sahifa | Aql qayrog‘i | Zakovat o‘yini

Zakovat o‘yini

Bolalarning ilk matematik tasavvurlarini mustahkamlash

Mashg‘ulot maqsadi: bolalarning mantiqiy tafakkurini o‘stirish. Kun va tun haqidagi tasavvurlarini aniqlash, vaqtni ifodalovchi so‘z­larni ular nutqida to‘g‘ri ishlatishga o‘rgatish, shakllarni farqlash malakasini faollashtirish. Tayoqchalardan uchburchak, to‘rtburchak ka­bi shakllar yasashni o‘rgatishda davom etish. Kichkintoylarning suhbatda faol ishtirok paytida muloqot madaniyatiga erishish. Savollarni tinglash, o‘rtoqlarining javobini bo‘l­maslik, fikrlab javob berish malakasini mustahkamlash. Tasviriy faoliyat jarayonida ishni rejalash, oxirigacha yetkazishga harakat qilish malakasini rivojlantirish. Topishmoqlar orqali mantiqiy fikrlashni takomillashtirish.

Kerakli jihozlar: proyektor, ekran, slaydlar, kun va tun tasvirli shirma, tayoqchalar, oq qog‘oz, bo‘yoqlar, gubka, nishonlar.

Mashg‘ulotda bolalar faoliyat turlarining almashinishi:

  • axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish;
  • tabiat hodisalari bilan tanishtirish;
  • tevarak-atrof bilan tanishtirish;
  • nutq o‘stirish;
  • matematik tasavvurlarni mustahkamlash;
  • tasviriy faoliyat;
  • ta’limiy o‘yin;
  • mantiqiy o‘yin;
  • badiiy adabiyot;
  • mayda motorika;
  • musiqa.

Check Also

Eshitish nuqsoni korreksiyasi

Odatda, sog‘lom bola tilni og‘zaki nutq asosida egallaydi va uning mazkur nutqi ikki analizator (eshitish, …