Bosh sahifa | Nazariya. Ilm. Amaliyot | Zamonaviy ta’lim samarasi

Zamonaviy ta’lim samarasi

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’­limiga puxta tayyorlashda maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining kasbiy mahoratga ega bo‘lishi bugungi kunning dolzarb masalasidir. Chunki 2014-yil “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilinib, davlat dasturida:

  • maktabgacha ta’limning sifat va samaradorligini oshirish;
  • ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish;
  • maktabgacha ta’lim yo‘nalishida malaka oshirish tizimidagi o‘quv-reja va dasturlarni xalqaro talablar asosida takomillashtirish kabi muhim talablar qo‘yilgan.

Mazkur talablarni malaka oshirish kursida o‘tiladigan mavzular mazmuniga singdirish maqsadga muvofiq. Darslar jarayonida tinglovchilarning yangiliklarga intiluvchan, ijodiy yondashadigan, o‘zgarishlarni tez qabul qiladigan bo‘lishlariga erishish asosiy bosqich hisoblanadi. Buning uchun o‘qituvchi oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rishi lozim. Fikrlashga undaydigan topshiriqlar, rivoyatlar, interfaol metodlar va axborot texnologiyalardan foydalanish dars jarayonining qiziqarli, mazmunli bo‘lishini ta’minlaydi. “Interfaol ta’lim, uning shakllari va ulardan mashg‘ulotlarda foydalanish” mavzusida dars quyidagi topshiriqni berish bilan boshlanadi:

Ushbu yulduzchalarni qo‘lni uzmasdan 4 ta chiziq o‘tkazish orqali birlashtirish.

Tinglovchilardan topshiriqni bajarish cho­g‘ida qanday holatga tushganligi so‘raladi. Topshiriqning to‘g‘ri bajarilgan varianti monitorda ko‘rsatiladi.
Ba’zi insonlar “ko‘p yillik ish-tajribaga, yetarli bilimga egaman” deb o‘ylaydi. Inson o‘z fikr doirasi bilan chegaralanib qolmasligi lozim. Bilganlaridan bilmaganlari ko‘pligini inobatga olgan holda ilm olishdan to‘xtamasligi, “Be­shikdan to qabrgacha ilm izla” naqliga amal qilishi lozimligi ta’kidlanib, maktabgacha ta’lim sohasidagi innovatsiyalar to‘g‘risida bayon qilinadi.
“Bolaga yo‘naltirilgan ta’limda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati” mavzusidagi darsda guruh xonasida 10 ta markaz tashkil qilish, markazlarni ko‘rgazma va tarqatma materiallar bilan jihozlash, mashg‘ulotlarni markazlarda tashkil qilish tarbiyachiga og‘ir, murakkab bo‘lib tuyulmasligi uchun ibratli voqealarni aytib berish o‘rinlidir.

Check Also

Aql qayrog‘i

Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar ishlanmasi 18-MASHG‘ULOT Geometrik shakllar “Qiziqarli uchburchak” Maqsad: …